Jahon | 10:32 / 26.08.2017
8093
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro AQShning yangi sanksiyalarida aybdor shaxsni topdi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ma'lum qilishicha, mamlakat milliy majlisi rahbari Xulio Borxes AQShning sanksiyalari “ilhomchisidir”. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Shuningdek, u o‘z raqiblarini davlatga xiyonat qilganliklari bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazishga ham chaqirgan.

“Siz Venesuelaga qarshi sanksiyalar kiritishni so‘rayotganingiz uchun ham vatan xoinisiz”, - deya ma'lum qildi Maduro Borxesga murojaat qilib.

Avvalroq Tramp Venesuelaga qarshi yangi sanksiyalar kiritgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid