Jahon | 08:19 / 26.08.2017
4912
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiya elchisi Vengriya hukumatini “terrorchilar”ga qiyosladi

 Foto: Life.ru

Niderlandiya va Vengriya o‘rtasida yirik diplomatik mojaro kelib chiqdi. Shu sababli Budapesht Gaagadagi elchixonasi darajasini vaqtinchalik vakil darajasigacha pasaytirdi va elchisini ortga chaqirtirib oldi. 

Bunga esa Niderlandiyaning Vengriyadagi elchisi Gayus Sheltemaning Vengriya matbuotiga bergan intervyusi sabab bo‘lgan. U intervyusida Vengriya hukumatini terrorchilarga qiyoslash mumkinligini, chunki “u ekstremistlar dushman qiyofasini yaratishda qo‘llaydigan tamoyillarni qo‘llashini” aytgan. 

Shu sababli Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto ikki davlat o‘rtasida elchilar darajasida noma'lum muddatga muloqot bo‘lmasligini aytgan. “Bu diplomatiyadagi eng keskin choradir”, deb aytgan vazir. “Bizga omma oldida tushuntirish berilishi kerak, yopiq eshiklar ortidagi tushuntirishlar yetarli bo‘lmaydi. Hech kimga Vengriya yoki venger xalqiga bunday e'tirozlar bildirishga ijozat berilmagan”, deb qo‘shimcha qilgan vazir.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid