Jahon | 23:26 / 26.08.2017
5228
2 daqiqa o‘qiladi

To‘fon oqibatlari sababli Texas turmalaridan 4,5 ming mahbus evakuatsiya qilinadi

AQShning Texas shtati 26 avgustda shtatdagi 3 ta turmadan 4,5 ming mahbusni evakuatsiya qilishni belgilangandi. Ushbu chora “Xarvi” to‘foni vaqtida Brasos-River daryosi sathi ko‘tarilishi davom etayotgani sababli ehtiyotkorlik maqsadida qabul qilingan. Bu haqda jinoyat sudi departamentida ma'lum qilingan. 

 

August 26, 2017 – Officials with the Texas Department of Criminal Justice announced on Saturday that the Ramsey,...

Posted by Texas Department of Criminal Justice on Saturday, August 26, 2017

Ta'kidlanishicha, mahbuslar avtobuslarda evakuatsiya qilinmoqdalar. Ular tabiiy fojia hududidan uzoqroqda joylashgan, Texas sharqidagi turmalarga ko‘chirilmoqdalar. Shu sababli mahbuslar vaqtinchalik uchrashishlardan mahrum qilindilar, biroq ularga yangi joylariga kelganlaridan keyin yaqinlari bilan telefonda bog‘lanish imkoniyati berilishiga va'da qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid