Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston chegarachilari tranzit poyezdida geroin topdilar
O‘zbekiston chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari Tojikistondan narkotik moddalar partiyasini temir yo‘l transport yordamida kontrabanda yo‘li bilan olib kirish harakatiga chek qo‘yishdi.
"22 avgust kuni “Boldir” chegara stansiyasida chegarachilar Davlat bojxona qo‘mitasining Surxondaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda 319-raqamli “Dushanbe-Moskva” poyezdini ko‘zdan kechirish chog‘ida, tashqi belgilari geroinga o‘xshash bo‘lgan kukunli 3 ta polietilen paketni aniqlashdi. Paketlar vagonlardan biri g‘ildirak juftligining topish qiyin bo‘lgan joyiga yashirib qo‘yilgan", - dedi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini qo‘riqlash Qo‘mitasi vakili.
Tahlillarning ko‘rsatishicha, polietilen paketlardagi modda geroin bo‘lib, uning umumiy og‘irligi 188,95 grammga teng. Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
11:00 / 28.01.2026
Rossiya armiyasi yo‘lovchi poyezdiga dron bilan zarba berdi: halok bo‘lganlar bor
15:21 / 26.01.2026
Ayrim shaharlararo poyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilindi
19:37 / 25.01.2026
Samarqandga ketayotgan “Afrosiyob” poyezdi texnik nosozlik sababli Chinozda to‘xtab qoldi
12:34 / 23.01.2026