Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAning federal trassalarida "smayl"lar paydo bo‘ldi
BAAning Sheikh Mohamed bin Zayed Road yo‘li bo‘ylab shimol tomon harakatlanuvchi barcha haydovchilarni katta uch smayl yoki, zamonaviy tilda aytganda "emodzi"lar qarshi olmoqda. Bu haqida Khaleej Times'da xabar berildi.
Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta'minlash uchun uch xil - arab, ingliz va urdu tillaridagi yozuvlar aks etgan bo‘lib, ular haydovchilarni ehtiyotkorlikka chorlaydi.
Infratuzilma va taraqqiyot vazirligi shu original loyiha yordamida haydovchilarning yo‘l harakati xavfsizligidan boxabarlik darajasini oshirmoqchi. Tez orada mamlakatning boshqa federal yo‘llarida ham yanada ko‘p "emodzi"lar paydo bo‘ladi.
Tashabbus yo‘l harakati ishtirokchilari orasida qoniqish hissini oshirishga yo‘naltirilgan va vazirlikka xabar qoldirishni istagan taqdirlarida 80088889 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishga undaydi.
Vazirlikning Yo‘llar bo‘yicha departamenti direktori Ahmad Al-Hammodiyning aytishicha, tashabbusdan maqsad - BAA aholisini yanada baxtli qilish va ularni munosib turmush sharoitlari bilan ta'minlash.
Mavzuga oid
22:15 / 08.03.2026
Isroil BAA Eronga zarba bergani haqida xabar qildi. BAA bu xabarni rad etdi
22:56 / 07.03.2026
BAA prezidenti mamlakat «urush holatida» ekanini ma’lum qildi
15:51 / 07.03.2026
Dubay aeroporti yaqinida dron quladi. Aeroport endigina ochilayotgan edi
14:29 / 07.03.2026