Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil BMTni moliyalashtirishni to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda
BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning Isroilga birinchi tashrifi vaqtida Isroilning BMTda unga nisbatan noxolis munosabatda bo‘lishga boshqa toqat qilmasligi muhokama qilinadi. Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tsipi Xotoveli ma'lum qildi.
Avvalroq BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik Guterresh Isroil va Falastinga tashrifi davomida ikki davlat yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazishini ma'lum qilgandi.
“Biz BMTning Isroilga munosabatida o‘zgarishlarga erishmoqchimiz. Bu masalani muhokamaga olib chiqadigan va uni hal qiladigan vaqt keldi”, deb aytgan Xotoveli.
Uning aytishicha, agar BMT o‘z munosabatini o‘zgartirmasa, unda Isroil va boshqa davlatlar tomondan qo‘llab-quvvatlov va moliyalashtirishdan mahrum bo‘ladi. Xotovelining ta'kidlashicha, AQSh ham bu borada o‘z pozitsiyasini o‘zgartirgan va Isroilga nisbatan BMT tomondan noxolis munosabatda bo‘lishga boshqa toqat qilmasligiga ishora qilgan.
Xotovelining aytishicha, BMT bosh kotibi bilan muzokaralarda BMTning Livandagi missiyasi mustahkamlanishi ham muhokama qilinadi.
BMT Xavfsizlik kengashi joriy haftada BMTning Livandagi qurolli kuchlarining ishini muhokama qilgan. Bu kuchlar Livan janubida 2006 yildan beri Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish tartibini kuzatish uchun joylashtirilgan. Fransiya bu missiyaning mandatini yana bir yilga uzaytirish rezolyutsiyasini taqdim qilmoqchi. Biroq AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli AQSh BMT harbiylari Livanning “Hizbulloh” guruhiga nisbatan bir qator choralar ko‘rishi uchun mandatning o‘zgartirilishiga harakat qilishini aytgan. Ushbu guruh AQShda terrorchilik guruhi deb hisoblanadi.
Mavzuga oid
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026