Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada kulollik uy-muzeyi ochildi
Tohirjon Haydarovani farg‘onaliklar juda yaxshi taniydi. U o‘zining hunari bilan nafaqat O‘zbekiston balki butun dunyoga tanilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mustaqillikning 26 yilligi munosabati bilan ustaning xonadonida kulollik uy muzeyi tashkil etildi.
Muzey mingdan ortiq kulollik buyumlarini o‘z ichiga oladi. Bu yerda mustaqillikning ilk kunlaridan, shu vaqtga qadar yaratilgan asarlarni uchratish mumkin.
Muzey eksponatlari, asosan, o‘zbek urf-odatlari va qadriyatlariga ega bo‘lgan qadimiy naqshlar, minatyuralar, noodatiy kulollik buyumlari, Rishtonning xalq amaliy san'ati namunalari, shuningdek, takrorlanmas san'at asarlarini o‘z ichiga oladi. Uy-muzeyning tashqi ko‘rinishi chindan-da, har qanday mehmonning diqqatini o‘ziga tortadi. Bu bino Rishton tumanining tashrif qog‘oziga aylanishi shubhasiz.

Muzey bilan birga kutubxonaning ochilishi ham bo‘lib o‘tdi. Mo‘'jaz kutubxona qishloq yoshlarini bir safda jamlab, ularda kitobxonlik madaniyati va mutolaaga muhabbatni oshirishga xizmat qiladi. Javonlarga tartib bilan terilgan o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari barcha o‘g‘il-qizlarning bo‘sh vaqti sermazmun o‘tishini ta'minlaydi.

Hunarmand tashabbusi bilan tashkil etgan uy-muzeyi hamda kutubxonaning ochilish marosimi chinakam bayramga aylanib ketdi. Unda so‘z olganlar O‘zbekistonda yoshlarga e'tiborning yuksak samarasi, ma'naviyatning hayotimizda tutgan o‘rni haqida to‘lqinlanib gapirdi. Usta kulolning tashabbusi va saxovati uchun yoshlar o‘z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi.



Ahror Ziyo, Farg‘ona
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026