Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya BMT Bosh Assambleyasida kiberxavfsizlik masalasini ko‘tarmoqchi
Foto: Xinhua
Rossiya sentabr oyidagi BMT Bosh Assambleyasida kibermakonda o‘zini tutish qoidalari masalasini ko‘tarmoqchi.
Bu haqda «Izvestiya» nashriga Rossiya prezidentining axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Andrey Krutskix ma'lum qildi.
«Bosh Assambleyada bu mavzu albatta muhokama etiladi. Biroq BRIKS yig‘iladigan sentabr oyining birinchi haftasida juda muhim qaror qabul qilinadi. U yerda ancha qiziq takliflar bo‘ladi. O‘zini tutish qoidalaridan hech kim voz kechayotgani yo‘q. Biz ularni amalga oshirish ustida ishlarni davom ettirmoqdamiz», - dedi u.
Uning ta'kidlashicha, BRIKS, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Shanxay hamkorlik tashkiloti ishtirokchilari kibermakondagi qoidalar «aniq» bo‘lishini istashmoqda. Bu jarayonga BMTni ham jalb qilish rejalashtirilgan.
«Bu mavzuga ehtiyoj bor hamda u katta e'tiborda», - deya ta'kidlab o‘tdi Krutskix.
Avvalroq Mintaqaviy aksilterror tuzilma Ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev kibermaydonlar xalqaro terrorchi tashkilotlarning o‘z maqsadlariga erishish uchun qulay imkoniyatlar yaratayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
16:56
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
21:18 / 30.04.2026
“Ukraina dronlari sabab” - tahlilchilar Rossiyaning 9 may paradidagi cheklov haqida
14:26 / 29.04.2026
Dunyoni ikki lagerga bo‘lgan Cherchill – “Sovuq urush” davri qanday boshlangandi?
21:03 / 28.04.2026