Light | 21:44 / 28.08.2017
62564
7 daqiqa o‘qiladi

Xorijlik tanqidchi sayyoh «O‘zbekiston havo yo‘llari»dagi parvoz taassurotlarini hikoya qildi

Foto: KUN.UZ

E'tiboringizga sayyoh, tanqidchi Ben Shalpigning Nyu-York-Toshkent yo‘nalishidagi to‘xtovsiz parvozdan olgan taassurotlarini taqdim etamiz. Bu bilan milliy aviakompaniyaning ayrim kamchiliklarni bartaraf etib, yutuqlarni kengaytirishga chaqiramiz.

«Biz havo kemasiga qo‘yilgan yo‘lak orqali ikkinchi eshikka ko‘tarildik, yo‘lovchilarni xushmuomala styuard qarshi olib, chap tarafdagi joyimni ko‘rsatib yubordi. «O‘zbekiston havo yo‘llari» xarid qilgan Boeing-787 havo laynerining biznes klass bo‘lagida 24 nafar yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan joylar 2-2-2 tartibida joylashtirilgan. Bort xodimlarining xizmat ko‘rsatish sifatini kuzatib borish uchun uch qator bo‘ylab joylashtirilgan o‘rindiqlarning old joyini egalladik.

Foto: Ben Schalppig

Yangi tipdagi 787 samolyotida biznes klass o‘rindiqlari old tarafga qarab moslashtirilgan bo‘lib, bunday moslashuv AZAL Azerbaijan, LOT Polish, Xiamen aviakompaniyalarida ham uchraydi, ammo bu zamonaviy havo kemalarida yo‘lovchi tashishning eng yomon ko‘rinishi bo‘lsa kerak.

Foto: Ben Schalppig

Asosiy maqsadim - 787 bortida xizmat darajasini kuzatib borish. Ammo o‘rnimni egallashim bilan styuardessa menga yaqinlashib, havo kemasida fotoapparat ishlatish, umuman suratga olish mumkin emasligini aytib, ogohlantirib ketdi. Bu esa minglab km masofani bosib o‘tib, turli aviakompaniyalar xizmatidan foydalanganimdan so‘ng ilk bor yangrab turgan taqiq edi. Keyinroq, «O‘zbekiston havo yo‘llari» haqida yo‘lovchilarning taassurotlarini o‘qib chiqdim, ularning birontasi ham bu kamchilik haqida so‘z ochmagan. Balki bort xodimlari parvoz chog‘i qiziqarli holatlarni suratga tushirishimni «ko‘rmay» qolar?! Shunga qaramay, bort xodimlari tarqatgan taom va ichimliklarni telefon orqali tarixga muhrlab borishga muvaffaq bo‘ldim.

Foto: Ben Schalppig

O‘rindiqlar standart bo‘yicha ishlab chiqarilgan, mashhur aviakompaniyalar singari qo‘shimcha qulayliklar bilan jihozlanmagan.

Foto: Ben Schalppig

O‘rindiq holatini boshqarish paneli ikki yo‘lovchi o‘rtasida joylashgan, bunday foydalanish - qulay! Tizzadan pastda joylashgan ko‘ngilxushlik mediani boshqarib borish paneli zerikarli edi, deyarli hech qanday yangilik yo‘q.

Foto: Ben Schalppig

TV monitorining oldida yuk qo‘yish uchun kichik javon bor.

Foto: Ben Schalppig

Oyoqni yozib o‘tirish uchun qulay ottoman, uning ostida oyoq kiyimi qo‘yish uchun joy bor.

Foto: Ben Schalppig

Joyimni egallash uchun nazar tashlaganimda, meni bir juft oddiy oyoq kiyim, sifatsiz uyqu uchun niqob, plastik to‘rda mayda-chuyda narsalar kutib turardi. Taqdim etilgan yostiq esa xalqaro parvozni amalga oshirayotgan samolyot biznes klassining talablariga javob bermaydi.

Foto: Ben Schalppig

Quloqchinlarning sifatsiz tovush chiqarishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

Foto: Ben Schalppig

Styuardessa biroz vaqtdan so‘ng, nam sochiq taqdim etib, qanday ichimlik xohlashimni so‘radi. Men bir qadah shampanga buyurtma berib, Dom yoki Krug bo‘lmasa ham, yaxshi sifatidan kelishini kutdim. Ammo hammasi teskari bo‘lib chiqdi, bu hayotim davomida ichgan eng yomon ichimlik bo‘lib qolsa kerak.

Ovqatlar menyusi yo‘qligi meni ajablantirdi, shunchaki mol, baliq va tovuq go‘shti og‘zaki taklif qilinganda, avvaliga xorijiy tilda menyu yo‘q, deb o‘yladim. Aniqlanishicha, rostan ham menyu tashkil qilinmagan. Ovqatlar qanday pishgani, turi bo‘yicha ma'lumot ololmadim.

Foto: Ben Schalppig

Kapitan parvoz 10 soatu 40 daqiqa davom etishini e'lon qildi. Eshiklar yopilgach, xavfsizlik ko‘rsatmalari bo‘yicha lavha o‘zbek, rus va ingliz tilida aylantirildi.

Foto: Ben Schalppig

Aytib o‘tganimday, tomosha uchun 30tacha film bo‘lib, ulardan faqat 2-3tasi ingliz tilida, o‘zbek tilida esa topa olmadim. Qolgani rus tilida taqdim etilgan lavhalar ekan. Biznes klassdan o‘rin olgan yo‘lovchilarga iPad tarqatib chiqishdi, ammo quvvati past, quvvatlagich esa yo‘q.

Foto: Ben Schalppig

Avval, ermak uchun biron yegulik berilmay, parvoz 45-daqiqasidan boshlab, taom va barcha yeguliklar tarqatila boshlandi. Taomning rang-barangligi hamda mazasiga gap yo‘q, ammo non juda qattiq edi. Qolaversa, har bir yo‘lovchiga faqat bittadan nam salfetka tarqatilganiga tushunmadim: bu yetarli emas-ku!

Foto: Ben Schalppig

Meni qiziqtirgan masala, bu yerda hech qanday o‘zbekcha taom yoki ichimlik tarqatilmadi. Har bir aviakompaniya milliy qadriyatlarini iloji boricha havo kemasiga olib chiqishga harakat qilsa, bu yerda o‘zbek tilida so‘zlashadigan xodimlar ham kam.

Foto: Ben Schalppig

Biroz mizg‘ib olishga harakat qildim, bu yerda wi-fi yo‘qligi sababli iPad'da kino ko‘rdim.

Foto: Ben Schalppig

Bort xodimlari juda ham e'tiborli bo‘lib, yo‘lovchilarga tez xizmat ko‘rsatishga harakat qildi. Tonggi soat 3:00 bo‘lishi bilan, nonushta qilishimiz mumkinligini e'lon qilishdi. Sal nonushtaga xos bo‘lmagan taomlar keltirildi, ammo ta'mi yaxshi.

Foto: Ben Schalppig

Qo‘nishga 30 daqiqa qolganda bojxonada to‘ldirilishi kutilgan qog‘ozlar tarqatildi.

Foto: Ben Schalppig

Biznes klass va xorijiy fuqarolar uchun alohida Lounge xonasi mavjud. Shu yerdan taksi ushlab, shaharga chiqish mumkin.

Foto: Ben Schalppig

Umuman olib qaraganda, Boeing 787'ning sotib olinishi va yuqori darajada sifatli xizmat harakat qilish «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning obro‘sini oshiradi. Ayrim kamchiliklarni hisobga olmaganda, men Nyu-York-Toshkent yo‘nalishidagi to‘xtovsiz parvozni mazkur aviakompaniya bilan uchishni tavsiya etaman»,deb yozuvlarini tugatgan Ben.

Mavzuga oid