Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abe: Xitoy va Rossiya KXDRga bosimni kuchaytirishi kerak
Foto: NHK
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan telefon muloqotining ba'zi tafsilotlarini oshkor qildi. Suhbat KXDR navbatdagi raketa sinovini o‘tkazganidan so‘ng yuz bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ular Tramp bilan 40 daqiqalik muloqot davomida ro‘y bergan hodisadan so‘ng qabul qilinishi lozim bo‘lgan choralarni muhokama etishgan.
«Biz shunday fikrdamizki, BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirish va KXDRga bosimni kuchaytirish lozim», - deya Abening so‘zlarini keltiradi NHK telekanali.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya AQSh hamda Janubiy Koreya, shuningdek, Xitoy va Rossiya bilan hamkorlikda KXDRga bosimni kuchaytirishi kerak. Bu Shimoliy Koreya o‘zi olib borayotgan siyosatni o‘zgartirishiga turtki berishi lozim.
Avvalroq Shimoliy Koreya Yaponiya tomon raketa uchirgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:39 / 04.02.2026
Rossiyada chumchuqlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi
20:30 / 04.02.2026
Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
19:31 / 04.02.2026
Xitoy armiyasi rahbariyatidagi tozalash: bu nimani anglatadi?
15:26 / 04.02.2026