Jahon | 23:43 / 29.08.2017
8566
1 daqiqa o‘qiladi

Almazbek Atamboyev: Qirg‘izistonda gaz faqatgina arzonlashadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Gaz narxi faqatgina arzonlashadi”, deb aytdi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Bishkek janubida “Gazprom Kirgizstan” kompaniyasi qurishni rejalashtirgan maktab poydevoriga kapsula qo‘yish marosimida.

Atamboyevning aytishicha, “Kirgizgaz” Rossiya kompaniyasiga topshirilishi vaqtida Qirg‘iziston O‘zbekistondan bir kub metr gazni 250 dollardan 280 dollargacha narxda sotib olayotgan bo‘lgan. Hozir esa gaz narxi 150 dollarni tashkil qilmoqda.

Atamboyevning ta'kidlashicha, gaz sohasini Rossiya kompaniyasiga berish qarori energetika sohasida mustaqillikka erishish bo‘yicha choralar majmuasidagi tarkibiy qismlardan biri bo‘lgan. “Rossiyadan va boshqa davlatlardan ko‘plab sarmoyachilar bo‘ldi. Biroq Aleksey Miller rahbar bo‘lgan “Gazprom” kabi ishonchli, insoflisini eslay olmayman”, deb aytgan Atamboyev.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid