Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Olmaliqda mustaqillik ayyomi nishonlandi
Foto: Olmaliq hokimiyati matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» shiori ostida Olmaliq shahrida ham katta tantana bilan nishonlanmoqda.
Shahar hokimi Mira'zam Mirqosimov Olmaliq ahlini mustaqillik ayyomi bilan muborakbod etib, o‘z samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi. Shahar hokimi shahar aholisi nomidan mamlakat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan Prezident farmoniga ko‘ra, mukofotlangan «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining mis eritish zavodi ta'mirlash-mexanika sexi boshlig‘i Saparali Qo‘chqorov, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ MTMZ quyish sexi po‘lat erituvchisi To‘lqin Abduxalikov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Olmaliq shahar Kengashi raisi Ergash Abdurayimov hamda 23-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktorining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Umid Murodovlarni samimiy muborakbod etdi.

«Metallurg» madaniy markazi hovlisida tashkil etilgan bayram tadbirida el suygan san'atkorlar Anvar G‘aniyev, Guli Asalxo‘jayeva hamda «Turon» guruhi a'zolari tomonidan ijro etilgan diltortar taronalar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. «Olmaliq KMK» AJ korxona-tashkilotlari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar va har bir korxona haqida ma'lumot beruvchi maketlar namoyishi, milliy sport musobaqalari tashkil etildi.


Mavzuga oid
09:04 / 23.03.2026
Olmaliqdagi 3-mis boyitish fabrikasi dunyodagi yirik korxonalar qatoridan joy oldi
14:34 / 16.03.2026
Olmaliqda 3-mis boyitish fabrikasining birinchi navbati ishga tushirildi
13:14 / 10.02.2026
Olmaliqdagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi vafot etdi
12:11 / 18.09.2025