Misrda jiddiy YTH, qurbonlar ko‘p
Misrda yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi YTH oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi va yana 38 inson jarohatlandi. Bu haqda "Al-Yaum as-Sabia" yangiliklar portali mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi vakillariga asosan xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Qohiraga yo‘l olayotgan avtobus mamlakat poytaxtidan janubroqda joylashgan Beni-Sueyf viloyatidagi trassada yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketib, ag‘darilgan. Tez tibbiy yordam mashinalari jabrlanganlarni yaqin oradagi shifoxonalarga yetkazishda davom etmoqda. Avtohalokat sabablari hozircha noma'lum.
2016 yil ma'lumotlariga ko‘ra, Misr yo‘llardagi o‘lim holati ko‘rsatkichlari bo‘yicha arab davlatlari orasida 16- va jahonda 109-o‘rinda turadi. Har yili mamlakatda YTH tufayli yetti-sakkiz ming inson hayot bilan vidolashadi.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
10:00 / 31.10.2024