Sport | 15:56 / 29.08.2017
15966
1 daqiqa o‘qiladi

Neymar «Barselona»ga yoqimsizlik keltirishda davom etadi

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Neymar «Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutinoga katalonlar klubiga o‘tmaslikni maslahat qildi. Bu haqda Estadao xabar tarqatdi.

«PSJ» futbolchisi o‘z vatandoshiga «Liverpul»da qolishni tavsiya etgan.

Ayni vaqtda Neymar va Koutino Braziliya terma jamoasi safida JCh-2018 saralashi doirasidagi o‘yinlarda qatnashish uchun yig‘inda bo‘lib turibdi.

Neymar shu yil yozida «Barselona»ni tark etgach, bu jamoa rahbariyati va muxlislar bilan munosabatlarda muammolarga duch kela boshladi.

Bundan avvalroq Braziliya terma jamoasi vrachi Mishel Cimoni Koutinoda hech qanaqa jarohat yoki kasallik yo‘qligi, u Ispaniyaga yo‘l ololmayotgani uchun tushkunlikka tushgani haqida aytib bergandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid