Jahon | 11:57 / 30.08.2017
5548
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston sharqida portlash yuz berdi

Foto: Tolo News

Afg‘onistonning Nangarxar sharqiy viloyatidagi Jalolobod shahrida afg‘on deputati Zoxir Qodirning uyiga yaqin yerda portlash ro‘y berdi. Bu haqda Tolo News telekanali gubernator vakiliga asosan xabar qilgan.

Amaldorning ma'lumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida qurbonlar bor, biroq bu borada aniq ma'lumot hozircha yo‘q. Gubernatorning o‘zi portlashdan avval parlamentariy Qodirning ikki qo‘riqchisiga o‘q uzishgani haqida xabar bergan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlashdan biroz avval otishma ro‘y bergan.

29 avgust kuni Kobul shahrida AQSh elchixonasidan uncha uzoq bo‘lmagan yerda portlash yuz bergandi.

Mavzuga oid