Afğoniston poytaxti Kobul şahrida AQŞ elçixonasidan unça uzoq bölmagan yerda portlaş yuz berdi, deb xabar bermoqda Reyter agentligi politsiyaga asosan.

Afğoniston IIV vakili Najib Donişning sözlariga köra, portlaş Kabul Bank banki bölinmasiga kiraverişda yuz bergan. Amerika diplomatik missiyasi ham şu tumanda joylaşgan.

Tolo News telekanali ma'lumotiga köra, portlaşni xudkuş terrorçilar amalga oşirgan.

Hozirça jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yöq.