Jamiyat | 12:06 / 30.08.2017
18052
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda opa-singil “kissavurlar” qo‘lga olindi

Foto: Buxoro IIB

Buxoro shahar IIBga, Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida yashovchi, nafaqadagi S.H. ariza orqali murojaat qildi, deb xabar bermoqda KUN.UZ’ga Buxoro IIB.

Uning arizada ma'lum qilishicha, Buxoro shahridagi Markaziy bozorda joylashgan 265-sonli savdo do‘koni oldida qo‘lidagi sumka ichidan 800 AQSh dollari, 600.000 so‘m naqd pullari, bank plastik kartochkasi va turmush o‘rtog‘i Q.K.X.ga tegishli hisobida 40.000 so‘m mablag‘i bo‘lgan bank plastik kartochkasi, fuqarolik pasporti, jami bohosi 200.000 so‘mlik 2 dona ayollar kumush uzuklari, bahosi 150.000 so‘mlik bir juft ayollar kumush sirg‘asi va bahosi 100.000 so‘mlik bir dona ayollar kumush zanjiri solingan bahosi 50.000 so‘mlik ayollar hamyonini noma'lum shaxslar yashirin ravishda o‘g‘irlab olib, jabrlanuvchiga jami 800 AQSh dollari va 1.140.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib voqea joyidan yashiringanligini bildirgan.

Foto: Buxoro IIB

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, Buxoro shahrida yashovchi opa-singillar G., D. va D.R.lar Buxoro shahridagi Markaziy bozorda  navbatdagi “kissavurlik” jinoyatini amalga oshirishlari paytida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi. Hozirda ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid