Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qibrayda uch kishini qasddan o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Qibray tumanida yashovchi fuqaro Z.M. oilaviy kelishmovchilik oqibatida uch nafar shaxsni qasddan o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Xususan, Z.M. tumanning “Madaniyat” mahallasi hududida shar'iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i X.I. bilan nizolashib, kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida X.I. va uning ikki nafar 12 hamda 9 yoshdagi voyaga yetmagan farzandlarini qasddan o‘ldirish maqsadida, ularning bosh qismiga temir bolg‘a bilan urib, ularga hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.
Voqea joyidagi uchinchi shaxslar aralashuvi bilan Z.M. o‘z jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmagan.
Hozirgi vaqtda jabrlanuvchilar tibbiy muassasaga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Z.M.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:05 / 07.01.2026
Ohangaron va Qibrayda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga doir holatlar aniqlandi
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
07:50 / 30.10.2025
O‘zbekiston va Serbiya birinchi xonimlari “Imkon” ixtisoslashtirilgan bog‘chasida bo‘ldi
16:17 / 26.10.2025