Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Gulnora Karimovaning qizi Islom Karimov haykali ochilish marosimida
Lola Karimova-Tillayeva 31 avgust kuni Toshkent shahrida otasi — O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalining ochilish marosimida qatnashdi va haykal poyiga gul qo‘ydi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayevaning Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilingan.
«Mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti va asoschisi Islom Karimov haykaliga gul qo‘yish marosimi. Toshkent, 31 avgust, 2017 yil» , — deya izoh berilgan suratlarga.
Bu suratlarda Lola Karimova opasi Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova bilan Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ygani aks etgan.
Imon Karimova 1999 yili tug‘ilgan, Gulnora Karimovaning yana bir farzandi, 1992 yili dunyoga kelgan Islom ayni vaqtda xorijda. Qayd etish kerakki, Imon Karimova ilk marta O‘zbekistondagi rasmiy marosimda ko‘rinish berdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Birinchi Prezident Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova ham qatnashdi.
Haykalning ochilish marosimida Tatyana Karimova so‘zga chiqib, nutq so‘zladi.
Mavzuga oid
21:18 / 12.11.2025
Gulnora Karimova atrofidagi moliyaviy triller: Zeromax kreditorlari sudda muhim yutuqqa erishdi
18:08 / 24.09.2025
Gulnora Karimovadan musodara qilingan mablag‘lar qishloq maktablarini yangilashga yo‘naltirilmoqda
23:08 / 24.04.2025
O‘zbekistonga Shveytsariya va Belgiyadan Gulnora Karimovga tegishli jami 290 mln dollar qaytarilishi mumkin
15:54 / 24.04.2025