Sudyalarning qayd etişiça, ayblanuvçining Şveytsariyaga kelişini ta’minlaş uçun imkon doirasidagi barça çoralar körilgan.

Jumladan, 2024 yil avgust oyida sud vakillari Özbekistonga borib, Özbekiston Oliy sudi rasmiylari bilan Karimovani Şveytsariyadagi sudga jalb qiliş imkoniyatini muhokama qilgan. 2026 yil yanvar oyidagi ikkinçi taşrifda esa, Özbekiston sudi bu sörovga uzil-kesil rad javobini bergan.

“Bugun Şveytsariya Federal jinoyat sudi tomonidan mijozimiz Gulnora Karimova foydasiga çiqarilgan işni töxtatiş qarori – Şveytsariya qonunçiligi böyiça oqlaş bilan barobar”, – dedi advokat Greguar Manja.

Karimovaga aloqador mablağlar masalasi hozirça oçiq qolmoqda. Sudning qayd etişiça, bu pullarni musodara qiliş imkoniyati kelgusi jarayonlarda körib çiqiladi.

Mazkur işdagi ikkinçi sudlanuvçi – Gulnora Karimovaning biznes şerigiga (Rossiya telekommunikatsiya kompaniyasining Özbekistondagi şö’basi sobiq rahbari ekani aytiladi) oid qismi ham töxtatildi. Sudyalar uni ham sud bölayotgan Bellinzona şahriga yetib kelolmaydi, deb hisoblaşmoqda, çunki bu şaxs emigratsiyada bölib turgan Rossiyadan Şveytsariyaga töğridan töğri aviaqatnovlar 2022 yildan beri mavjud emas. Boşqa davlatlar orqali yetib borişiga esa, bu şaxsni hibsga oliş töğrisidagi xalqaro orderlar tösqinlik qiladi. Boz ustiga, bu şaxsga nisbatan Şveytsariyada ilgari surilgan da’vo muddati 2027 yil iyun oyida tugaydi, lekin aviaqatnovlar bu vaqtgaça ham tiklanişi kutilmayapti.

Şu bilan birga, uşbu işdagi sudlanuvçilardan yana biri – Lombard Odier bankining sobiq xodimi ustidan sud protsessi davom etadi. Undan taşqari, bankning özi ham korporativ javobgar sifatida pul yuvişga qarşi qoidalarga lozim darajada amal qilganini körsatib berişi kerak. Bu ikki javobgarning suddagi iştiroki uçun tösiqlar yöq.

Şveytsariya Federal jinoyat sudida Özbekiston birinçi prezidentining qizi Gulnora Karimova va boşqalarga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş 27 aprel kuni boşlandi. Prokuraturaning 2023 yildagi ayblov xulosasida Karimova pora oliş, pul yuviş va “Ofis” nomli jinoiy tarmoqqa rahbarlik qilişda ayblangan.