Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Eron hukumati bilan qo‘lga kiritilgan shartnoma "yaxshi" rivojlanishidan umidvor
Foto: Reuters
Fransiya prezidenti, bir qator qudratli davlatlar kelishuvi bilan paydo bo‘lgan, Eron yadro dasturi bo‘yicha shartnoma talablari 2025 yilga qadar takomillashib borishini ma'lum qildi. G‘arbning taxminlariga ko‘ra, Eron tomonidan atom bombasini yaratish ustidagi amaliyotlar 2015 yil imzolangan kelishuvga asosan uzoq muddatga to‘xtalishi lozim edi, evaziga xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘yilgan sanksiyalar bekor qilinishi ko‘zda tutilgandi.
Uran zaxirasini boyitish bo‘yicha dasturni kelgusi o‘n yillik davomida to‘xtatib turish mas'uliyatini o‘z zimmasiga olgan Eron hukumati, shuningdek, ballistik raketalar sonini 2023 yilgacha ko‘paytirmaslikka ham va'da bergan.
"Prezident Emmanuel Makron 29 avgust kuni Vena shartnomasida ko‘rsatilgan talablar 2025 yildan keyingi davrda ham takomillashib borishiga ishora qildi", deydi chorshanba kuni tashkil etilgan press anjumanda ishtirok etgan prezident Axborot xizmati vakili Agnes Romate-Ispaniya.
O‘tgan ikki yil davomida Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh rasmiylari Eronning shartnoma talablarini bajarmay, dastur ustida ishlarni davom ettirayotgani haqida BMTda shikoyat qilgan. Makronning bunday munosabati AQSh prezidenti Donald Trampning shartnomadan chiqish haqidagi fikri bilan bir paytda yangramoqda.
Mavzuga oid
08:21
Fransiyaning 71 yoshli sobiq prezidenti qamoqdan ozod etildi
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
09:52 / 06.05.2026