Jahon | 15:13 / 01.09.2017
4364
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya TIV rahbari: Suriyada Asad bilan tinchlikka erishish mumkin emas

Fransiya TIV rahbari Jan-Iv Le Drianning RTL radiostansiyasiga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Suriyada prezident Bashar Asad bilan tinchlikka erishish imkonsiz, bu hattoki fuqarolik urushi tugaganidan so‘ng ham yuz beradi.

«Biz Suriyada Bashar Asad bilan tinchlikka erisha olmaymiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Le Drian.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, IShID tor-mor etilganidan so‘ng, mamlakatda bitta urush qoladi – fuqarolik. U Suriya ichida 2011 yildan beri kuzatilmoqda.

«O‘tishni o‘z xalqini o‘ldirgan Bashar Asadsiz amalga oshirishning iloji yo‘q», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Fransiya TIV rahbari.

Uning aytishicha, Suriyada konstitutsiyani yaratish va saylovlarni o‘tkazish uchun vaqt chegaralarini o‘rnatish zarur.

Avvalroq Suriya muxolifati AQSh vositachilar orqali IShIDga qurol sotayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid