Jahon | 17:08 / 01.09.2017
76167
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada terakt tayyorlashda gumonlanib ushlangan shaxs o‘zbekistonlik. U iqror bo‘ldi

Foto: © RIA Novosti / Yevgeniya Novojyenina

Murodbek Qodirov Moskva shahrida 1 sentabr kuni teraktlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘z aybini tan oldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Men aybni tan olaman... Men aybdor emasman, afsusdaman”, - degan u Moskvaning Meshchansk sudida.

Qodirov O‘zbekistondan ekani, Farg‘ona viloyatida ro‘yxatdan o‘tgani, turmush o‘rtog‘i va farzandi borligini aytgan. U Moskvaga 10 mart kuni kelgan, shu yerda yashab, ishlagan.

Sud Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining murojaatini qanoatlantirdi va Qodirovni hibsga oldi. Tushuntirilishicha, ayblanuvchi yashirinishi va qonunlarga zid faoliyatni olib borishda davom etishi mumkin.

Kecha Moskva va Moskva viloyatida 1 sentabrda teraktlar sodir etmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid