Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Rossiyadan harbiy tovon undirmoqchi
1 sentabr kuni Polsha Seymi (parlamenti)da bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «Huquq va adolat» partiyasi a'zolari Ikkinchi jahon urushi uchun Varshavaning Germaniyadan talab qilishi mumkin bo‘lgan tovon pullari haqida fikr bildirishdi. Mamlakat adliya vaziri o‘rinbosari Patrik Yakiy va deputat Yan Mosinskiylarga ko‘ra, reperatsiyalarni Rossiyadan ham talab qilish kerak. Bu haqda Polsha radiosi xabar bermoqda.
Mosinskiyning matbuot anjumanida xotirlashicha, 1921 yili RSFSR va Polsha Riga bitimini imzolagan. Unda Polshaga 30 mlnoltin rubl to‘lanishi qayd etilgan. Ammo, bu pullar umuman to‘lanmagan. Uning fikricha, Rossiya, «SSSR merosxo‘ri sifatida» Riga bitimi ijrosini o‘ylab ko‘rishi kerak.
«Rossiyaliklar ham Polshaga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lishlari kerak», - degan Polsha adliya vaziri o‘rinbosari Patrik Yakiy.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026