Jahon | 14:31 / 02.09.2017
4192
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha Ukraina va Belarus bilan chegarada to‘siq qurmoqchi

Foto: lvivecotour.com

Polsha qishloq xo‘jaligi vaziri Kshishtof Yurgelning ma'lum qilishicha, mamlakatda Ukraina va Belarus bilan chegara bo‘ylab to‘siq o‘rnatish bo‘yicha rejalar bor. Bu yovvoyi to‘ng‘izlar migratsiyasining oldini olish uchun kerak, deb xabar bermoqda «Polsha radiosi».

Yurgelning so‘zlariga ko‘ra, to‘siqni qurishga 30 mln yevro sarflanadi. Uning uzunligi 729 kilometrni tashkil etadi.

Ekspertlarning ma'lum qilishicha, Polshada cho‘chqalarning afrika o‘lati paydo bo‘lgan. Belarusdan shu virusga ega bo‘lgan yovvoyi to‘ng‘izlarning mamlakat hududiga kirgani shunday vaziyatga olib kelgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid