Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourino xayriya uchrashuvida o‘zini darvozabon sifatida sinab ko‘rdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino futbol va shou-biznes yulduzlari o‘rtasidagi xayriya uchrashuvida darvozabonlik qildi. Bu uchrashuv 2 sentabrda “Kuinz Park Reyndjyers” klubining uy maydoni hisoblangan Londondagi “Loftus Roud” stadionida bo‘lib o‘tdi.
54 yoshli portugaliyalik mutaxassis futbol yulduzlari jamoasi tarkibida darvozabon Devid Jyeyms o‘rniga maydonga tushdi. Bu jamoaga afsonaviy Alan Shirer, shou-biznes yulduzlari jamoasiga esa Les Ferdinand sardorlik qildi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang natija bilan tugagach, penaltilar seriyasi amalga oshirilgan. Mourino o‘ziga berilgan ishonchni oqlab, penaltini bexato amalga oshirganiga qaramasdan, uning jamoasi natijada 3:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:44 / 08.06.2026
Peres «Real»ga Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lishini e’lon qildi
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
13:31 / 04.05.2026