Jahon | 10:10 / 03.09.2017
11205
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada zilzila qayd etildi

Foto: KCNA/Reuters

Shimoliy Koreyada 5,6 magnitudali zilzila qayd etildi. Janubiy Koreyada bu zilzila Shimoliy Koreyaning navbatdagi yadroviy sinovi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin deb hisoblashmoqda.   

Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligining ma'lum qilishicha, bu zilzila navbatdagi yer osti atom portlashi natijasi bo‘lishi mumkin.  

Avvalroq Shimoliy Koreya davlat televideniyesi mamlakat rahbari Kim Chen In qit'alararo ballistik raketalar uchun jangovar kallak sifatida qo‘llash mumkin bo‘lgan vodorod bombasini ko‘zdan kechirganini ma'lum qilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid