Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina rus harbiylari Belarusga kelishi bilanoq chegaradagi nazoratni kuchaytirdi
Rossiya va Belarus harbiylari hamkorlikda «Zapad-2017» o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazishga sanoqli kunlar qolganda, Ukraina hukumati mamlakatning barcha chegara qismlarida nazoratni kuchaytirishini e'lon qildi. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali efirida bayonot bergan Davlat chegara xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i yordamchisi Oleg Slobodyan ma'lum qilgan.
«Bu chora-tadbirlar sentabr oyining boshidan ko‘rilmoqda. Buning uchun biz kommand-shtab o‘quvlarini tashkil etganmiz. Istisnolarga yo‘l qo‘yilmagan holatda, barcha chegara o‘tish punktlarida nazorat kuchaytirdik», degan u.
Slobodyanning so‘zlariga ko‘ra, o‘quv-mashg‘ulotda ishtirok etishi belgilangan rus harbiylari va texnikalari rasmiy sanaga qadar Belarus yeriga yetib kelishgan. AQSh Davlat departamentining Ukrainadagi maxsus vakili Kurt Volkerning fikricha, g‘arb kuchlari «Zapad-2017» o‘tkazilishi davomida har qanday agressiya amalga oshirilishiga tayyor turishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil aprel oyida Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Belarusdagi hamkasbining mamlakat ichki siyosatiga aralashmaslik, tadbir chog‘ida nojo‘ya harakatning yuz berishiga yo‘l qo‘ymasligi haqida va'dasini OAVda e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026