Aka-uka janjali ukaning o‘limi bilan yakun topdi
Ohangaron tumanida joriy yilning 21 avgust kuni soat 11.00da Telov mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan B.Sh. og‘ir tan jarohati bilan tez tibbiy yordam avtoulovida tuman kasalxonasiga hushsiz holda olib kelingan. Shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay B.Sh. shu kuni soat 12.30 da vafot etdi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni B.Sh.ning akasi, Angren shahri Nurobod qo‘rg‘onida ro‘yxatda turib, Ohangaron tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan B.Sh. mast holda o‘zaro janjal oqibatida qo‘li bilan urib sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovni IIB olib bormokda.
Mavzuga oid
02:30 / 15.10.2024
Germaniyada 50 yil oldin qotillik sodir etgan ofitserga hukm o‘qildi
10:32 / 14.10.2024
Oshkora qotillik – Buxoroda erkak hammaning ko‘z o‘ngida ikki kishini pichoqladi
11:46 / 05.10.2024
Yollanma qotillar, sirli buyurtmachi va chalg‘itilgan tergov – Namangandagi mudhish qotillik tafsiloti
21:04 / 02.10.2024