Jahon | 22:29 / 04.09.2017
14719
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiyadan rekord miqdorda raketa dvigatellari xarid qilmoqda

Foto: Yuriy Strelets / RIA Novosti

Pentagon Rossiyaning RD-180 raketa dvigatellari muqobilini yaratishda texnik va moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda. 

United Launch Alliance (ULA) kompaniyasi Atlas V raketalarini uchira olish uchun RD-180’dan 30 tasini kutmoqda, ulardan bir qismi yetkazib berilgan.

WSJ ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh Rossiya dvigatellarini 2024 yoki 2025 yilgacha ishlatishga qaror qilgan. Nashr manbasining fikricha, bu muddat 2028 yilgacha uzaytirilishi mumkin.

ULA vakilining aytishicha, ayni vaqtda Atlas V raketasini uchirish bo‘yicha 22 ta shartnoma tuzilgan. Ulardan ba'zilarini harbiy maqsadsiz o‘tkazish rejalashtirilgan.

Rossiyaning “Energomash” ilmiy-ishlab chiqarish uyushmasi amerikalik hamkorlari bilan ikki yirik shartnomalar portfeliga ega. Korxona birinchi portfelga ko‘ra AQShga Atlas V raketasi uchun RD-180 dvigatellarini, ikkinchisiga ko‘ra esa Antares raketalari uchun RD-181 dvigatellarini yetkazib bermoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid