Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 08:49 / 04.09.2017
7206
1 daqiqa o‘qiladi
Belgiyadagi aviashou vaqtida uchuvchi vertolyotdan tushib ketdi
Illyustrativ foto
Belgiya qirolligida bo‘lib o‘tayotgan aviako‘rgazmada uchuvchi harbiy vertolyot boshqaruv kabinasidan tushib ketdi, deb xabar qilmoqda Belga agentligi.
Aniqlik kiritilishicha, uchuvchi Agusta A-109 rusumli vertolyot bortidan bir necha yuz metr balandlikdan tushib ketgan. Uning parashyuti bo‘lmagan. Ikkinchi uchuvchi harbiy texnikani muvaffaqiyatli qo‘ndirishning uddasidan chiqqan.
Hozircha, fojia sabablari o‘rganilmoqda. Politsiya uchuvchi jasadini qidirmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish