Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmaning Moskvadagi elchixonasi yonida 20 kishi ushlandi
Politsiya namoyish va mitinglarni tashkillashtirish taritibini buzishga urinish uchun Myanmaning Moskvadagi elchixonasi yonida 20 kishini ushladi. Bu haqda Moskva ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati vakili Yuriy Titov ma'lum qildi.
“4 sentabrda jamoat tartibini buzishga urinish uchun Bolshaya Nikitskaya ko‘chasida 20 fuqaro ushlandi. Ularning barchasi politsiyaning hududiy bo‘limiga taftish uchun yetkazilganlar. 17 kishiga nisbatan ma'muriy qoidabuzarliklar bo‘yicha bayonoma tuzilgan”, deb ma'lum qildi Titov.
Avvalroq TASS axborot agentligining huquq-tartibot idoralaridagi manbasi qo‘lga olinganlar orasida 15 erkak va 2 ayol borligi hamda ularning barchasi shimoliy kavkazliklar ekanini ma'lum qilgandi. Manba ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda elchixona yonida 20-25 namoyishchi qolgan. Elchixona kuchaytirilgan nazoratga olingan, u yerda politsiya naryadlari va OMON jangchilari navbatchilik qilishmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026