Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Turkiyaga sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda
Germaniya kansleri Angela Merkel saylovoldi debatlarida Berlin Germaniya fuqarolarining hibsga olinishiga javoban Turkiyaga qarshi iqtisodiy choralarni qat'iylashtirmoqchi ekanligini aytdi.
Shu bilan birga, u Germaniya Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtata olishga qodir emasligidan afsus bildirgan.
Bundan tashqari, Merkel Yevropa Ittifoqi va Turkiyaning migratsiya inqirozini hal qilishda hamkorligi haqidagi kelishuvni mutlaq to‘g‘ri deb hisoblashini aytgan.
Kantsler Berlinning bu kelishuvni tayyorlashdagi ishtiroki avval Turkiya tomondan tanqidga uchraganini qo‘shimcha qildi.
Anqara va Bryussel bilan ushbu kelishuv 2016 yil mart oyida tuzilgan va Yepropaga qochqinlarning nazoratsiz ko‘chishiga qarshi qaratilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Antaliyada 31 avgust kuni ikki nemis fuqarosi qo‘lga olingan. Germaniya tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, hozirda Turkiyada 55 nafar nemis fuqarosi hibsda saqlanmoqda, ulardan 12 nafari siyosiy ayblovlar bilan ushlab turilibdi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026