Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mobil operatorlar 5 sentabrdan milliy valyutadagi tariflarga o‘tadi
Beeline aloqa operatori 2017 yilning 5 sentabridan boshlab Unitel MChJ va Buzton QK xizmatlariga barcha tariflar milliy valyutada o‘rnatilishini ma'lum qildi.
Bunday qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177-sonli farmoniga muvofiq qabul qilingan.
Shu bilan birga, milliy valyutadagi tariflarga o‘tishning bazaviy asosiga AQSh dollarining o‘zbek so‘miga nisbatan Markaziy bank tomonidan 2017 yil 29 avgustdan belgilangan rasmiy kursi olinadi, ya'ni bir dollar uchun 4210 so‘m.
KUN.UZ muxbiri bu masala bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar olish maqsadida UMS, Ucell kabi mobil aloqa operatorlarining mijozlar bilan ishlab bo‘limiga murojaat qildi. Kompaniya vakillari hozircha aniq ma'lumot bera olishmadi.
Biroq, KUN.UZ manbasining aytishicha, bu boradagi tegishli ko‘rsatmalar barcha mobil aloqa operatorlariga bugun, 4 sentabr kuni berilgan va 5 sentabrdan so‘mdagi tariflar o‘tilishi ma'lum qilingan. Ayni damda jarayonning texnik jihatlari borasida ishlar olib borilayotgani aytildi.
Mavzuga oid
15:55 / 08.08.2025
Endi Beeline foydalanuvchilari kunlik abonent to‘lovi yechish xizmatini o‘zlari boshqara oladi
11:41 / 11.06.2025
Raqobat qo‘mitasi Beeline kompaniyasiga abonent to‘lovi masalasida ko‘rsatma berdi
16:00 / 23.10.2024
Beeline Academy nufuzli EMBRAS World mukofotini qo‘lga kiritdi
18:00 / 31.07.2024