Jahon | 08:03 / 04.09.2017
8086
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya maxsus xizmatlari Ukrainadagi teraktlarga aloqadorlikda ayblandi

Foto: © RIA Novosti

Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsak Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikovga murojaat qildi hamda rus maxsus xizmatlari Ukraina hududidagi teraktlarga aloqador ekanini ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Men sizga zobit zobitga murojaat qilgandek gapirmoqdaman. Hattoki urush sharoitida ham ma'lum bir qoidalar borki, ularni maxsus xizmat xodimlari bosib o‘tishi kerak emas», - dedi u.

Uning ma'lum qilishicha, Rossiya maxsus xizmatlari Odessa, Xarkov, Xerson va boshqa shaharlardagi teraktlarga aloqadordir.

Avvalroq Ukraina rus harbiylari Belarusga kelishi bilanoq chegaradagi nazoratni kuchaytirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid