Jahon | 00:59 / 05.09.2017
8130
2 daqiqa o‘qiladi

Assanj Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyatni Karib inqiroziga qiyosladi

Foto: AP Photo/Frank Augstein

WikiLeaks tashkiloti asoschisi Julian Assanj 4 sentabrda Shimoliy Koreya atrofidagi joriy vaziyatni dunyoni yadro urushi yoqasiga qo‘ygan 1962 yilgi Karib inqirozi bilan qiyosladi. 

“Janubiy Koreya Xitoy uchun Kuba AQSh uchun deganidir. AQSh Shimoliy Koreya bilan mojaro chiqarib, THAAD raketalarini joylashtirishga bahona chiqarmoqda. Balki, AQShning maqsadi Janubiy Koreyada yadro qurolini joylashtirishdir? Agar shunday bo‘lsa, ko‘plab harbiy va iqtisodiy dastaklarga ega bo‘lgan Xitoydan javob harakatlarini kutish kerak”, deb yozgan Assanj tvitterda.

1962 yil yozida sobiq ittifoq “Anadir” maxfiy operatsiyasi doirasida AQSh sohillaridan bor-yo‘g‘i 200 km uzoqlikda joylashgan Kubaga ballistik raketalar, so‘ngra ularga yadroviy kallaklarni yetkazgan. 1962 yilning sentabr-oktabr oylarida miqdori 40 ming kishidan ortiq bo‘lgan 51-raketa diviziyasi Kubaga joylashtirilgan.1962 yil oktabrda ittifoq raketalari AQSh razvedkasi tomondan aniqlangach, Karib inqirozi kabi ma'lum bo‘lgan sobiq ittifoq va AQSh o‘rtasidagi tarixdagi eng yirik munosabatlar keskinlashuvi vujudga kelgan.

O‘tgan yil iyunida Janubiy Koreya Shimoliy Koreyadan himoyalanish uchun o‘z hududida AQShning THAAD zenit-raketa majmuasini joylashtirishga qaror qilgandi. 1 sentyarbda, Pxenyan navbatdagi yadro sinovini o‘tkazishidan 2 kun avval Seul o‘z hududida AQSh yadro qurolini joylashtirish imkonini ko‘rib chiqmasligini aytgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid