Haydovchilik guvohnomasini berishdagi korrupsiya holati fosh etildi
Toshkent viloyatida haydovchilik guvohnomasini berishdagi korrupsiyaviy holat fosh etildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bergan.
Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlariga fuqarolar B.A. va A.A. ariza bilan murojaat qilib, «Avto-moto havaskorlar» MChJ avtomaktabi instruktorlari D.K. hamda S.A.lar haydovchilik guvohnomasini olish uchun sinov imtihonlaridan o‘tkazib berish evaziga ularning har biridan 130 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini talab qilayotganligini bildirishgan.
Mazkur ariza asosida Bekobod shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hamkorlikda bir qator tezkor-tergov tadbirlari o‘tkazilib, ularning natijasiga ko‘ra avtomaktab instruktorlari D.K. (1983 y.t.) va S.A. (1973 y.t.), viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tumanlararo bo‘linmasi xodimi N.S. (1984 y.t.) hamda uning “norasmiy” yordamchisi D.A. (1975 y.t.) 260 ming so‘m pul mablag‘larini pora tariqasida olganligi uchun ushlandi.
Tadbir davomida gumonlanuvchilar bundan oldin ham YHXB xodimiga fuqarolardan pora olishda “ko‘mak” berganliklarini bildirib, D.A. ixtiyoriy ravishda muqaddam N.S.ga berib qo‘yish uchun yuqoridagi avtomaktab instruktorlaridan olib, o‘z avtomashinasida saqlab kelayotgan 1 mln. so‘m pul mablag‘larini tergovga taqdim etdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210 va 212-moddalari (pora olish va pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
12:43 / 06.09.2024
Bekobodda ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimi uchun 340 mln so‘m undirib berildi
19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi
09:46 / 23.08.2024