Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik kurashchi Vlasko nima sababdan o‘ldirilgani aniqlandi
Foto: wrestrus.ru
Buryatiya tergov qo‘mitasi 20 yoshli kurashchi Yuriy Vlaskoning o‘limi yuzasidan dastlabki tergov natijalarini e'lon qildi. Ma'lum bo‘lishicha, o‘smirlar o‘rtasida ikki karra Yevropa chempioni bo‘lgan sportchi Baykal sohilidagi tungi klublardan birida qizga tegajog‘lik qilgan do‘stining yonini olgani uchun o‘ldirilgan.
«Jinoyatga Goryachinskdagi tungi klublardan birida yosh yigit bilan yuz bergan ziddiyat sabab bo‘lgan. U bu yerga Vlasko va boshqa sportchilar bilan birga kelgan. U klubdagi qizlardan biriga tegajog‘lik qilgan. Qizning do‘sti esa, bolani tashqariga olib chiqib, do‘pposlagan», — deyiladi bayonotda.
Ta'kidlanishicha, dastlab Vlasko mojaroda ishtirok etmagan.
«Jabrlanuvchi bu vaqtga kelib uxlab yotgan Vlasko va boshqa kurashchilarni yordamga chaqirgan. Sportchilar ham kaltak yegan yigit iltimosiga binoan voqea sababini aniqlash maqsadida yo‘l olishgan. Ular Baykal sohilida bir to‘daga duch kelgan. Ular orasida qizning yigiti ham bo‘lgan.
Vlasko ular bilan suhbatlasha boshlagan, ammo shu orada ikki yigit unga hujum qilgan. Ulardan biri kurashchini pichoqlagan, ikkinchisi metall qurol bilan boshiga urgan. Keyin, birinchi hujum qilgan jinoyatchi suvdan tosh olib, u bilan jabrlanuvchining boshiga urgan. Buning oqibatida Vlasko hayotdan ko‘z yumgan», — deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, jinoiy ish yuzasidan ekspertiza ishlari o‘tkazilmoqda, uning natijalari yaqinda ma'lum qilinadi.
Vlasko 29 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan mushtlashuvda o‘ldirilgani haqida avval xabar berilgan edi. Uning jasadi Baykal ko‘li yaqinida topilgandi.
U xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanib, o‘smirlar o‘rtasida ikki karra Yevropa chempioni bo‘lgan, jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.
Mavzuga oid
16:20
Kremlga yaqin iqtisodchilar Rossiyada yil oxirigacha retsessiya bo‘lishini kutmoqda
14:00 / 20.03.2026
SIPRI: Rossiya harbiy xarajatlar o‘sishining eng yuqori nuqtasidan o‘tdi
12:29 / 20.03.2026
YeI yil oxirigacha Rossiya STGdan voz kechishni rejalashtirmoqda
12:27 / 20.03.2026