Jahon | 20:56 / 06.09.2017
5146
1 daqiqa o‘qiladi

Tunis bosh vaziri hukumatning 11 a'zosini almashtirdi

Foto: Fotolia / Xavier Marchant

Tunis bosh vaziri Yusuf Shahid mamlakat vazirlar mahkamasida katta ko‘lamli o‘zgartirishlar amalga oshirdi. 11 ta vazirlikda yangi rahbarlar paydo bo‘ldi. Bu haqda bosh vazirning OAV uchun bayonotida aytilgan. 

Jumladan, mudofaa va ichki ishlar vazirliklarida rahbarlar almashdi. Mudofaa vaziri etib Abdulkarim az-Zubaydiy, ichki ishlar vaziri etib esa Lutfi Ibrohim tayinlandi.

Hukumatdagi o‘zgarishlar Tunis prezidenti Baji Kaid as-Sabsiy bilan kelishilgandan keyin amalga oshirilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid