Jahon | 14:48 / 06.09.2017
4274
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriyada yangi harbiy amaliyot o‘tkazadi

Foto: Trend.az

Turkiya Suriyaning Idlib shahrida yangi harbiy amaliyot o‘tkazishga kirishadi. Amaliyot shu yil sentabr oyida boshlanadi, deb xabar qilmoqda Turkiya OAVga asoslangan holda Trend.az. 

Xabarlarga ko‘ra, Idlibdagi amaliyotlar Ozod Suriya armiyasi bo‘linmalari bilan birgalikda o‘tkaziladi. 

Avvalroq, Turkiya prezidenti ma'muriyati Trend’ga ma'lum qilishicha, Anqara o‘z chegaralari yaqinida paydo bo‘ladigan har qanday tahdidga javob berishga tayyor. 

Ayni vaqtda Suriya bilan Turkiya chegaralarida 24 ming turk harbiylari safarbar etilgan.
 
OAV xabarlariga ko‘ra, Turkiya Suriyaning Tel-Abya, Afrin, Tel-Rifat va Manbij tumanlarida amaliyotlarni boshlashi mumkin. 

Qayd etish joizki, Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an mamlakat qurollikuchlari Suriya shimolidagi harbiy amaliyotlari hududini kengaytirish niyatida ekanini aytgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya 21 iyundan Suriya chegarasi tomon jangovar texnikalarni keltirmoqda. 

Turkiya armiyasi 2016 yil 24 avgustidan IShID jangarilariga qarshi "Frot qalqoni" amaliyotini boshlagan edi. Armiya Suriya muxolifati ko‘magida Jarablus va Al Bob shaharlarini o‘z nazoratiga oldi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid