Abdulaziz Komilov “Human Rights Watch” delegatsiyasini qabul qildi
2017 yil 7 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Human Rights Watch” xalqaro nodavlat tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Hyu Uilyamson va Markaziy Osiyo bo‘yicha ofis rahbari Stiven Sverdlov tarkibidagi delegatsiyasini qabul qildi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama aloqalarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi chuqur islohotlarning yaxlit dasturi sifatida O‘zbekiston va “Human Rights Watch” o‘rtasidagi konstruktiv hamda o‘zaro hurmatga asoslangan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochishi qayd etildi.
HRW vakillari o‘zlarining Toshkent shahrida o‘tkazilgan ko‘psonli davlat va nodavlat tuzilmasidagi uchrashuvlardan olgan taassurotlari to‘g‘risida so‘zlab berishdi.
Suhbat davomida ikki tomon aloqalaridagi ma'lum muddat to‘xtalishdan so‘ng shakllanayotgan hamkorlikning kun tartibiga doir boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
15:50 / 20.01.2024