Rossiya adliya vazirligi juma kuni, 28 noyabrda, Human Righs Watch (HRW) huquqni himoya qiliş xalqaro taşkilotini özining "faoliyati nomaqbul taşkilotlar" röyxatiga kiritdi. U 1978 yildan beri faoliyat yuritadi va 70 dan ortiq davlatda inson huquqlari buzilişi holatlarini monitoring qiladi.
2022 yilda, Rossiyaning Ukrainaga qarşi töliq miqyosdagi uruşi boşlangaç, HRW sayti Rossiya harbiy agressiyasining borişi haqida, göyoki, "işonçsiz" ma’lumotlar joylaştirilgani bahonasi bilan Boş prokuratura talabi asosida Roskomnadzor tomonidan bloklangan edi.
2025 yil yanvar oyida HRW öz hisobotida Rossiya rasmiylari özgaça fikrlovçilarni ta’qib qilişni kuçaytirgani, fuqarolardan uruşni qöllab-quvvatlaşni talab qilayotgani va yangi repressiv qonunlar qabul qilayotganini qayd etgan.
"Faoliyati nomaqbul" taşkilotlarga Rossiya hududida faoliyat yuritiş taqiqlanadi, ular bilan hamkorlik qiliş va materiallarini tarqatiş uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud. Bunday taşkilotlar uçun mablağ töplaş yoki ularning faoliyatini moliyalaştiriş beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş, şuningdek, ön yilgaça muayyan lavozimlarni egallaş huquqidan mahrum qilinişiga olib kelişi mumkin.
Rossiya adliya vazirligi özining "çet el agentlari" röyxatini ham yangiladi. Unga Rossiya prezidenti ma’muriyati sobiq rahbar örinbosari Yevgeniy Savostyanov, jurnalist Aygul Gimranova-Lion, jamoat arbobi Anzor Masxadov (Çeçeniston sobiq prezidenti Aslan Masxadovning öğli), şuningdek yozuvçi va şoir Vasilina Orlova kiritildi.
Bundan taşqari, 2017 yilda talabalar jurnali sifatida iş boşlagan Doxa onlayn-axborot naşri ham "çet el agenti" deb e’lon qilindi. 2024 yil yanvar oyida u Rossiyada "faoliyati nomaqbul taşkilot" deb tan olingan edi. Naşrning sobiq muharrirlari Rossiyada ta’qiblarga uçragan va mamlakatni tark etgan.
Avgust oyida Rossiya adliya vazirligi Boş prokuratura qaroriga köra "Çegara bilmas muxbirlar" (RSF) xalqaro nodavlat taşkilotini ham "faoliyati nomaqbul" deb e’lon qildi. 1985 yilda taşkil etilgan uşbu tuzilma söz erkinligini, jurnalistlar va OAV xodimlari huquqlarini himoya qiliş, şuningdek, butun dunyoda senzuraga qarşi kuraşiş bilan şuğullanadi.
"Çegara bilmas muxbirlar" har yili dunyoda matbuot erkinligi indeksini e’lon qiladi. 2025 yilda Rossiya unda 180 davlat orasida 171-örinni egallab, ötgan yilga nisbatan yana töqqiz poğona pastga tuşgan.













