Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya neft va gaz qazib olishni to‘xtatmoqchi
Foto: Anadolu
Fransiya 2040 yilga kelib gaz va neft qazib olishdan voz kechishni rejalashtirmoqda. Fransiya ekologik o‘zgarishlar vaziri Nikola Yulo boshchiligida ishlab chiqilgan qonun loyihasi mamlakatning qit'a qismida konlarni o‘zlashtirish uchun litsenziya berishni to‘xtatish va amaldagi litsenziyalarni asta-sekin bekor qilib borishni nazarda tutadi.
Fransiya neft sanoati ittifoqi rahbari Fransis Dyuse qarorni siyosiy va ramziy, deb atagan.
Ekologik tashkilotlar qonun loyihasidan qoniqish hosil qilishganini bildirishdi.
Fransiyaning qit'a hududida qazib olinuvchi neftning hajmi 815 ming tonna bo‘lib, u mamlakat ehtiyojining atigi 1 foizini qoplaydi.
Mavzuga oid
14:41 / 31.12.2025
Aktyor Jorj Kluni va uning oilasi Fransiya fuqaroligini oldi
18:28 / 27.12.2025
Geologiya fanlari universiteti va Fransiyaning BRGM tashkiloti bilan kelishuvga erishildi
23:22 / 25.12.2025
Jazoir fransuz mustamlakasini jinoyat deb e’lon qildi
10:00 / 25.12.2025