Manba: Amerikaliklar Daur-az-Zordan IShID yetakchilarini evakuatsiya qilgan
Avgust oyida AQSh harbiy-havo kuchlari Daur-az-Zordan Suriya shimoliga IShIDning 20 dan ko‘proq dala qo‘mondoni va ularga yaqin jangarilarni evakuatsiya qilgan. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligiga harbiy-diplomatik manba ma'lum qildi.
“Avgustning oxirgi haftalarida Suriya hukumat qo‘shinlarining Suriyaning sharqiy qismidagi muvaffaqiyatli harakatlari ortida AQSh maxsus xizmatlariga bo‘ysunuvchi bir necha dala qo‘mondoni Daur-az-Zordan xavfsiz hududlarga keyinchalik ularning tajribalaridan boshqa yo‘nalishlarda foydalanish uchun olib chiqib ketilgan. Jumladan, 26 avgustda Daur-az-Zordan shimolda joylashgan Trayf aholi punkti yaqinidagi hududdan AQSh vertolyoti bilan tungi vaqt IShIDning kelib chiqishi yevropalik ikki nafar dala qo‘mondoni oila a'zolari bilan birga olib chiqib ketilgan”, deb aytdi manba.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, 28 avgustda Daur-az-Zordan janubdagi Albu-Layl tumanidan AQSh vertolyotlari bilan IShIDning 20 ga yaqin dala qo‘mondoni va ularga yaqin jangarilar olib chiqilgan.
“Ta'kidlash joizki, amerikaliklar deb o‘z qo‘mondonlaridan ayrilgan jangarilar ko‘pchilik holatlarda uyushgan harakatlarni to‘xtatib, boshqa otryadlarga qo‘shilib yoki yakka holda qochgancha o‘z pozitsiyalarini tashlab ketmoqdalar. Bu esa oxir-oqibat Suriya hukumat qo‘shinlarining muvaffaqiyatiga yanada ko‘proq hissa qo‘shmoqda”, deb aytgan manba.
Mavzuga oid
18:45 / 20.10.2024
Mask AQSh prezidentlik sayloviga qadar kuniga 1 mln dollarlik lotereyani e’lon qildi
14:21 / 20.10.2024
AQShga qochgan diplomat: okean ortidan siyosiy boshpana so‘ragan sovet amaldori
22:30 / 19.10.2024
AQSh Ukrainani NATOga taklif qilishga tayyor - OAV
22:01 / 18.10.2024