Jahon | 18:23 / 07.09.2017
9152
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: IShID rahbari Yevropada yangi hujumlarni rejalashtirmoqda

Foto: Reuters

IShID terrorchilik guruhi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy Yevropa mamlakatlarida yangi hujumlarni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi The Telegraph kurdlar razvedkasi rahbari Loxur Talaboniyga asosan.

«Biz G‘arbga ko‘proq hujumlar ro‘y berishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga egamiz, ular og‘ir yo‘qotishlarga uchragan jangarilarning jangovar ruhini ko‘tarishga qaratilgan bo‘ladi», - dedi Talaboniy.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Iroq hududida yosh ekstremistlar guruhi paydo bo‘lishi mumkin. Bu holat mamlakat hukumati radikal siyosiy islohotlar o‘tkazmasa, yuz berishi bashorat qilindi.

Avvalroq Qirg‘izistonda teraktga tayyorgarlik ko‘rgan IShID a'zosi qo‘lga olingani xabar berilgandi. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid