Jamiyat | 20:00 / 08.09.2017
103093
1 daqiqa o‘qiladi

13 yoshli qiz vafotidan keyin 8 kishining hayotini saqlab qoldi

Foto: novoetv.ru

Britaniyada bir qizning donorlik a'zolari tufayli 8 kishining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lindi. The Guardian nashrining yozishicha, donor bosh miya anevrizmidan vafot etgan 13 yoshli britaniyalik Jyemima Leyzel bo‘lgan.

Qizchaning ota-onasi uning vafotidan keyin organlarini boshqa muhtoj kishilarga berishga qaror qilishgan. Qizning tana a'zolari ko‘chirib o‘tkazilgan 8 kishidan 5 nafari bolalardir. 3 kishi Jyemimaning yuragini, ingichka ichagi va oshqozonosti bezini, 2 kishi uning buyraklarini, yana bir kishi o‘pkasini olgan. Qizning jigari esa ikki kishi orasida taqsimlangan.

Jyemimaning ota-onasi bunday qarorga kelish qiyin bo‘lganini, biroq ular shunchalik ko‘p miqdordagi odamlarning hayotini saqlab qolishgani uchun xursand ekanliklarini aytishgan.

Mavzuga oid