Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda bayram munosabati bilan 1166 mahbus afv etildi
Eronning oliy yetakchisi oyatulloh Ali Hameneiy diniy bayramlar munosabati bilan 1166 mahbusni afv etishi va ularga nisbatan jazoni yumshatishini e'lon qildi. Bu haqda oyatullohning rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Ma'lum qilinishicha, Eron mamlakat sud tizimi rahbari Sodiq Amoli Larijaniy Hameneiyga mahbuslarni afv etish va jazosini yumshatish taklifini yuborgan. Oyatulloh Qurbon hayit va shia musulmonlari tomondan nishonlanuvchi Gadir Xum bayramlari munosabati bilan bu taklifga roziligini bergan.
Shia musulmonlar nishonlaydigan Gadir Xum bayrami zulhijja oyining 18 kuni nishonlanadi. Bu bayramda Muhammad payg‘ambarimiz (s.a.v.) sahoba sifatida o‘z kuyovlari Alini tayinlaganlari nishonlanadi. Joriy yilda bu bayram 9 sentabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Mavzuga oid
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026
46 ta davlat uchun terroristik tashkilot – Eron islom inqilobi muhofizlar korpusi qanday tuzilma?
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026