Sport | 14:43 / 08.09.2017
5139
1 daqiqa o‘qiladi

Esteban Kambyasso futbolchilik faoliyatini yakunladi 

Foto: Reuters

Italiyaning besh karra chempioni, argentinalik futbolchi Esteban Kambyasso sport faoliyatini yakunlash haqida qaror qabul qildi. Bu haqda La Nacion xabar bermoqda.

Nashrning xabar berishicha, argentinalik futbol bilan bog‘liq faoliyatini tugatish niyatida emas hamda murabbiy bo‘lishni rejalashtirmoqda.

Kambyasso Madridning «Real» futbol klubi maktabi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U Argentinaning «Independente» hamda «River Pleyt», Angliyaning «Lester» va Gretsiyaning «Olimpiakos» jamoalarida to‘p surgan. O‘yinchi Italiyaning «Inter» klubi bilan eng yirik muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lib, Italiya chempionatida besh marta, kubogida to‘rt marotaba va mamlakat superkubogida uch bora zafar quchgan. Shuningdek, 2009/10 yilgi mavsumda YeChL g‘olibiga aylangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid