Jahon | 22:10 / 08.09.2017
7338
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya “Irma” dovulidan ko‘rilgan zararni 200 mln dollardan ko‘proqqa baholadi

Foto:korrespondent.net

Fransiyaning CCR davlat sug‘urta kompaniyasi “Irma” dovuli Karib havzasidagi fransuz hududlariga yetkazgan zararni baholadi. Bunga ko‘ra, Sen-Bartelemi oroli va Sen-Marten orolining fransuz qismidagi talofatlar 200 mln dollardan ko‘proqqa baholangan.

Fransiyaning dengiz orti hududlari vaziri Annik Jirardenning aytishicha, hozirda hukumatning ustuvor vazifasi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda aholini suv va oziq-ovqat bilan ta'minlashdan iborat. Jirardenning ta'kidlashicha, ikkinchi navbatdagi vazifa jamoat tartibini saqlashdir. Vazir jabrlangan hududlar ustidan uchib o‘tayotganda ko‘zi tushgan marodyorlik holatlarini qoraladi. Avvalroq guvohlar dovuldan keyin o‘g‘riliklar sodir etilayotganini ma'lum qilishgandi.

Shu munosabat bilan Fransiya o‘z hududlariga 400 politsiyachi jo‘natadi. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, “Irma”dan halok bo‘lganlar soni 14 kishini tashkil qilmoqda.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid