Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarishni sekinlashtirish yo‘li topildi
Amerikalik tadqiqotchilar guruhi qarishni sekinlashtiruvchi samarali usulni topishdi, deb xabar bermoqda Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universiteti EurekAlert! portalida.
Olimlar “meva chivinlari”ning (Drosophilidae) mitoxondriyalari vaqt o‘tishi bilan hajmi va shakli o‘zgarishiga e'tibor qaratishdi. Ushbu organoidlar hayoti o‘rtasida cho‘ziluvchan va yirikka aylanadi, bu esa ularga o‘z funksiyalarini bajarishiga xalaqit beradi, hamda qarishiga sababchi bo‘ladi.
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, agarda vaqt o‘tishi bilan miqdori pasayib boradigan Drp1 oqsili darajasi oshirilsa, bu fiziologik jihatdan normal bo‘lgan mitoxondriyalar soni ko‘payishiga olib keladi.
Shuningdek, tadqiqot davomida aniqlanishicha, Atg1 genining faollashishi zararlangan mitoxondriyalarning yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi.
"Bu xuddi biz o‘rta yoshdagi mushak to‘qimasini olib, uni yoshartirganimizga o‘xshaydi", - deya ma'lum qildi ilmiy ish qatnashchilaridan biri.
Endilikda, tadqiqotchilar organizmda Drp1 darajasi oshishi effektini yuzaga keltiruvchi preparatlarni yaratishni rejalashtirishmoqda.
Mavzuga oid
18:30 / 30.11.2025
Orol dengizining qurigan tubida ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi
07:16 / 20.11.2025
Inson faoliyati tufayli Yerning aylanish o‘qi 80 smga siljigani aniqlandi
03:05 / 16.11.2025
Olimlar qarishni tezlashtiruvchi kutilmagan omilni aniqlashdi
07:50 / 27.10.2025